«qo‘shib yozish» tegli maqolalar


2023-yilda 1,2 trln so‘mlik noqonuniy xarajat, 200 mlrd so‘mlik kamomad va o‘g‘riliklarga yo‘l qo‘yildi
16 yanvar 2024, 14:16

2023-yilda 1,2 trln so‘mlik noqonuniy xarajat, 200 mlrd so‘mlik kamomad va o‘g‘riliklarga yo‘l qo‘yildi

Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yig‘ilishda 2023-yilda budjetdan 1,2 trln so‘mlik noqonuniy xarajat hamda 200 mlrd so‘mlik kamomad va o‘g‘riliklar bo‘lgani qayd etildi. Qo‘shib yozish, pul o‘zlashtirish, o‘ziga o‘zi bir necha karra ko‘p mukofotlar yozish shular jumlasidan.

Toshkent viloyatidagi 106 ta ijtimoiy obyekt qurilishida 4,8 mlrd so‘mlik qo‘shib yozish holatlari aniqlandi
2 noyabr 2023, 11:28

Toshkent viloyatidagi 106 ta ijtimoiy obyekt qurilishida 4,8 mlrd so‘mlik qo‘shib yozish holatlari aniqlandi

Toshkent viloyati prokuraturasi tomonidan 150 ta obyektda sifatsiz bajarilgan 10,6 mlrd so‘mlik ishlar va 106 ta obyektdagi 4,8 mlrd so‘mlik qo‘shib yozish aniqlandi. Loyiha-smeta hujjati qayta o‘rganilishi natijasida 994 ta loyihadan 216,8 mlrd so‘mlik mablag‘ budjetdan ortiqcha xarajat qilinishining oldi olindi.

Toshkent viloyatidagi qurilish ishlarida 6,3 mlrd so‘mlik qo‘shib yozish holatlari aniqlandi
13 sentabr 2023, 15:48

Toshkent viloyatidagi qurilish ishlarida 6,3 mlrd so‘mlik qo‘shib yozish holatlari aniqlandi

Toshkent viloyatida olib borilgan qurilish-ta’mirlash ishlarida 15,8 mlrd so‘mlik sifatsiz ishlar hamda 6,3 mlrd so‘mlik qo‘shib yozish holatlari aniqlandi. Jiddiy qonun buzilishi holatlari bo‘yicha 63 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

“Yashil makon” loyihasida 2 milliondan ortiq ko‘chat ekildi deb hisobotga qo‘shib yozilgan — Aziz Abduhakimov
5 iyul 2023, 17:07

“Yashil makon” loyihasida 2 milliondan ortiq ko‘chat ekildi deb hisobotga qo‘shib yozilgan — Aziz Abduhakimov

Aziz Abduhakimovning ma’lum qilishicha, “Yashil makon” loyihasi doirasida ekilishi kerak bo‘lgan 2 milliondan ortiq ko‘chat ekildi deb hisobotga qo‘shib yozilgan. Shuningdek, sug‘orish tizimlari mavjud bo‘lmagan hududlarga 7,3 million tup ko‘chat ekilishiga yo‘l qo‘yilgan.

“Jipiriq, shunchalik ham aldaysanmi?” Shuhrat G‘aniyev hokimlarni qo‘shib yozganlik uchun tanqid qildi
3 iyul 2023, 13:21

“Jipiriq, shunchalik ham aldaysanmi?” Shuhrat G‘aniyev hokimlarni qo‘shib yozganlik uchun tanqid qildi

Tarmoqlarda prezident maslahatchisi o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev yig‘ilishda hokimlar va suv xo‘jaligi rahbarlarini qo‘shib yozish va sug‘orish ishlari sifatsiz olib borilayotgani uchun tanqid qilgan video tarqaldi. U prokuraturaga Qashqadaryo viloyatining uchta tumani hokimlarini jinoiy javobgarlikka tortishni buyurdi.

«Yashil makon» hisobotida 6,2 mln ko‘chat qo‘shib yozilgani aniqlandi, 2,4 mln tasi qurib qolgan
24 iyun 2022, 19:05

«Yashil makon» hisobotida 6,2 mln ko‘chat qo‘shib yozilgani aniqlandi, 2,4 mln tasi qurib qolgan

Hisob palatasi «Yashil makon» loyihasidagi ko‘chat ekish hisobotlarida 6,2 mln ko‘chat qo‘shib yozilgani, 2,4 mln tupi qurib qolgani, shuningdek, sug‘orish va parvarish ishlari yaxshi tashkil etilmaganini aniqladi. Qo‘shib yozish holatlarini prezident ham tanqid qilgan edi.

Prezident daraxt ekishdagi qo‘shib yozishlar haqida ma’lum qildi
6 fevral 2022, 10:49

Prezident daraxt ekishdagi qo‘shib yozishlar haqida ma’lum qildi

Shavkat Mirziyoyev «Yashil makon» dasturi doirasida ekilgan daraxtlar bo‘yicha raqamlarga ishonmasligini ma’lum qildi. U, shuningdek, Yunusobod tumani hokimi Jahongir Ibrohimov daraxt ekish bo‘yicha reja bajarilmagani uchun lavozimidan chetlashtirilganini aytdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting